Huawei HiSuite va maxfiylik haqida bayonnoma
Huawei HiSuite Huawei Device Co., Ltd. va uning global filiallari (bundan keyin “Huawei”, “biz”, “bizga” yoki “bizning” deb yuritiladi) tomonidan boshqariladigan va mobil qurilmalaringiz uchun ma’lumotlarni zaxiralash va tiklash, tizimni yangilash va kengaytirish imkoniyatlarini taqdim etadigan mahsulotdir (yoki xizmatdir). Biz shaxsiy ma’lumotlaringizning muhimligini yaxshi tushunamiz va ularni himoyalash uchun barcha choralarni ko‘ramiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni mavjud soha xavfsizlik standartlariga muvofiq ravishda himoyalash uchun tegishli choralarni ko‘rishga va’da beramiz.
Bu mahsulotdan (yoki xizmatdan) foydalanishdan oldin Huawei HiSuite va maxfiylik haqida bayonnoma bilan tanisib chiqing va tushunib oling.
Siz bu bilan mahsulotdan (yoki xizmatdan) foydalanishni boshlagan paytingizda voyaga yetgan ekaningizni bildirasiz va buni kafolatlaysiz. Agar voyaga yetmagan bo‘lsangiz, vasiyingiz ushbu mahsulotdan (yoki xizmatdan) foydalanishingizga va tegishli foydalanish shartlariga rozilik berishi zarur.
Agar biror savol, fikr-mulohaza yoki taklifingiz bo‘lsa, mijozlarga xizmat ishonch telefoni: 400-830-8300/800-830-8300 yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi onlayn markazimizga yoki dunyo bo‘ylab joylashgan ofislarimizga murojaat qiling. Filiallarimiz haqida batafsil ma’lumot olish uchun Huawei bilan aloqa sahifasiga kiring.
Bizda shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘limi (yoki shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha mutaxassislar) mavjud va Maxfiylik masalalari sahifasiga kirib ularga murojaat qilishingiz mumkin.
Odatda murojaatlarga bir oy ichida javob beramiz.
Agar javobimizdan qoniqmasangiz, ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz va ularga ishlov berishimiz sizning qonuniy huquq va manfaatlaringizga zid bo‘lsa, u holda tegishli yurisdiksiya doirasida xalq sudiga da’vo bilan murojaat qilishingiz, o‘z-o‘zini boshqarish sanoat birlashmasiga yoki tegishli davlat nazorat organlariga shikoyat yuborishingiz yoki boshqa choralarni ko‘rishingiz mumkin.
1. Shaxsiy ma’lumotlaringiz qanday olinadi va ulardan qanday foydalaniladi
Shaxsiy ma’lumotlar deganda elektron yoki boshqa shaklda olinadigan yakka holda yoki boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda muayyan shaxsni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan yoki muayyan shaxsning xatti-harakatlarini aks ettiradigan ma’lumotlar tushuniladi.
O‘ta shaxsiy ma’lumotlarga shaxsiy identifikatsiya raqami, biometrik ma’lumotlar, bank hisobi, mulkka doir ma’lumotlar, joylashuv axboroti, tranzaksiya ma’lumotlari hamda 14 va undan kichik yoshdagi bolalarning shaxsiy ma’lumotlari kiradi.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat ushbu Bayonnomada keltirilgan quyidagi maqsadlarda olamiz va ulardan foydalanamiz:
Sizga quyidagi asosiy funksiyalar taqdim etilmoqda
(1) Zaxiralash va tiklash
Zaxiralash va tiklash xizmatlarini taqdim etish uchun biz quyidagi ma’lumotlaringizni olishimiz va qayta ishlashimiz zarur:
Qurilma haqidagi axborot, jumladan, qurilma identifikatori, operatsion tizim, qurilma nomi, qurilma modeli, qurilma IP manzili va qurilmaning apparat tarkibi haqidagi axborot (masalan, CPU modeli va ROM/RAM axboroti).
Kompyuter dasturi haqidagi axborot, jumladan, HiSuite va operatsion tizim versiyalari.
Yuqoridagi ma’lumotlaringiz faqat mahalliy ravishda qurilmangizda saqlanadi va Huawei serverlariga yuklanmaydi.
(2) Mobil telefon tizimini yangilash va tuzatish
Tizimni yangilash va tuzatish xizmatlarini sizga kechiktirmay taqdim etish uchun biz quyidagi ma’lumotlaringizni olishimiz va qayta ishlashimiz zarur:
Qurilma haqidagi axborot, jumladan, qurilma identifikatori, qurilma nomi, qurilma modeli, qurilma CPU modeli, ROM/RAM axboroti va tizim versiyasi.
Kompyuter tarmog‘i haqidagi axborot, jumladan, IP manzilingiz.
Bunday ma’lumotlarni olishdan maqsad qurilmangizga mos ROM versiyasini taqdim etishdir.
Shaxsiy ma’lumotlaringizdan quydagicha foydalaniladi: Siz taqdim qilgan qurilma va tizim axborotiga asosan qurilmangizga mos ROM versiyasini topish va yuborish, shuningdek, tizimdagi mavjud xatarlarni hal qilish uchun ruxsatingiz olinganidan keyin engi yangi ROM versiyasini yuklab olish va tizimingizni yangilash.
Agar bunday ma’lumotlarni taqdim qilmasangiz, biz tizimingizni yangilay olmaymiz va mavjud xavfsizlik tahdidlarini tuzata olmaymiz.
(3) Ilovalarni yangilash va yuklab olish
Tizimingizda o‘rnatilgan ilovalarni yangilash va yuklab olishni amalga oshirish uchun biz quyidagi ma’lumotlaringizni olamiz:
Ilova haqidagi axborot, jumladan, ilova nomi va versiyasi.
Qurilma haqidagi axborot, jumladan, qurilma identifikatori va UDID.
Kompyuter tarmog‘i haqidagi axborot, jumladan, IP va MAC manzillaringiz.
Bunday ma’lumotlarni olishdan maqsad qurilmangizga mos ta ilova versiyasini taqdim etishdir.
Shaxsiy ma’lumotlaringizdan quydagicha foydalaniladi: Siz taqdim qilgan ilova, qurilma va tizim haqidagi axborotga asosan qurilmangiz uchun mos ilova versiyasini topish va yuborish hamda ruxsatingiz olinganidan keyin ilovaning eng yangi versiyasini yuklab olish.
Agar bunday ma’lumotlarni taqdim qilmasangiz, biz ilovaning eng yangi versiyasini topish, yangilash va yuklab olish amallarini bajara olmaymiz.
(4) Xizmatlarni rivojlantirish
Sizga yanada yaxshi xizmat taassurotlarini taqdim etish uchun biz quyidagi ma’lumotlaringizni olishimiz zarur: Ilovalar statistikasi va HiSuite foydalanish va xatti-harakatlar ma’lumoti. Bunday ma’lumotlarni olishdan maqsad qurilmangizga mos ta ilova versiyasini taqdim etishdir.
Shaxsiy ma’lumotlaringizdan quydagicha foydalaniladi: Sizga yanada yaxshi xizmat taassurotlarini taqdim etish hamda ilovalar statistikangiz va HiSuite foydalanish va xatti-harakatlar ma’lumotiga asosan moslashtirilgan mahsulot va xizmatlarni taqdim etish.
Bu funksiyadan foydalanishni boshlash yoki to‘xtatish uchun HiSuite ilovasida Sozlamalar > Umumiy ruknidan Foydalanuvchi tajribasini yaxshilash dasturida ishtirok etish bandini belgilashingiz yoki belgini olib tashlashingiz yetarli.
2. Axborot yuzasidan huquqlaringiz
Amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda axborot yuzasidan huquqlaringizdan foydalanasiz. Agar axborot yuzasidan huquqlaringiz borasida biror savol, fikr-mulohaza yoki takliflaringiz bo‘lsa, ushbu Bayonnomada keltirilgan aloqa ma’lumoti orqali bizga murojaat qiling.
3. Ma’lumotlarning saqlanish joyi va muddati
(1) Ma’lumotlarni saqlash joyi
Mobil telefon tizimini yangilash va kengaytirish xizmatlari doirasida biz tomonimizdan olinadigan va hosil qilinadigan shaxsiy ma’lumotlar Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan serverlarimizda saqlanadi.
(2) Ma’lumotlarning saqlanish muddati
Shaxsiy ma’lumotlaringiz maqsadga muvofiq muddat davomida saqlanadi va quyida belgilangan muddat tugagach, o‘chirib yuboriladi yoki anonimlashtiriladi. Amaldagi qonun va qoidalarda talab qilingan holatlar bundan mustasno.
Mobil telefon tizimini yangilash va kengaytirish xizmatlari uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash muddati quyidagicha belgilangan:
Yuqoridagi shaxsiy ma’lumotlar biz bilan o‘zaro muloqot qilgan oxirgi kuningizdan boshlab 6 (olti) oy mobaynida biznes tranzaksiyalari amalga oshirilmaganidan keyin o‘chirib tashlanadi.
Shu bilan birga, agar mahsulot yoki xizmatlarimizning faoliyati tugatilsa, bu haqda sizga push-bildirishnoma, xabar va hokazo shaklida xabar beramiz hamda muvofiq muddat ichida shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirib yuboramiz yoki anonimlashtiramiz..
4. Mazkur Bayonnomaga kiritiladigan yangiliklar
Huawei ushbu Bayonnomani istalgan vaqtda yangilash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Agar biror o‘zgarish yuz bersa, bu haqda sizga qalqib chiquvchi muloqot oynasi shaklida bildirishnoma yuboramiz. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni yangilangan bayonnomaga asosan faqat sizning roziligingiz bilan olamiz, saqlaymiz va ulardan foydalanamiz.
Mazkur Bayonnoma yangilangan sanasidan boshlab kuchga kiradi.
Oxirgi yangilangan sanasi: 2018-yil, 25-aprel
MUHIM: Mazkur maxfiylik bayonnomasi tarkibiga Huawei HiSuite ilovasining maxfiylik bayonnomasi va kafolati kiradi. Axborot yuzasidan huquqlar, axborot xavfsizligi choralari va boshqa tafsilotlar uchun Huawei Consumer Business maxfiylik bayonnomasi bilan tanishib chiqing.